AQSH Netanyaxu va Isroilni buyuk ittifoqchimiz deb atadi
Dunyo
AQSH Vakillar palatasi, Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni, G‘azo mojarosi, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab hibsga olish orderini bergani uchun, Xalqaro jinoiy sudini tanqid qildi. Palata Netanyaxu va Galantni hibsga olish orderlarini bekor qilib, ushbu sudga qarshi sanksiyalar qo'llamoqchi.
"Nolegal sudga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun AQSh fuqarolarini yoki XJS a’zosi bo‘lmagan ittifoqchi davlatlar, jumladan Isroil fuqarolarini tergov qiladigan, hibsga oladigan, ushlab turadigan yoki ta’qib qiladigan har qanday xorijlikka qarshi sanksiyalarni nazarda tutadi.
45 nafar demokrat 198 nafar respublikachi bilan birga qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hech bir respublikachi qarshi ovoz bermadi.
"Amerika ushbu qonunni qabul qilmoqda, chunki noqonuniy sud bizning buyuk ittifoqchimiz Isroil bosh vazirini hibsga olishga urinmoqda", dedi Vakillar palatasining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi, respublikachi Braen Mast.
Vakillar palatasidagi ovoz berish, yangi Kongress o‘tgan hafta shakllanganidan beri amalga oshirilgan ilk tashabbuslardan biri bo‘ldi va bu saylangan prezident Donald Trampning partiyadoshlari, respublikachilarning, hozirda Kongressning ikkala palatasini nazorat qilayotgan holda Isroil hukumatini kuchli qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Senatdagi respublikachi ko‘pchilik yetakchisi Jon Tun qonun loyihasini Senatda tezlik bilan ko‘rib chiqishni va Tramp lavozimiga kirishishi bilanoq unga imzo chekish imkonini yaratishni va’da qildi.
XJS xalqaro sud organi bo‘lib, u sud a’zo davlatlarda yoki ularning fuqarolariga nisbatan sodir etilgan urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va harbiy tajovuz uchun javobgarlikka tortishi mumkin.
Sudning ta’kidlashicha, Isroil amaldorlariga nisbatan hibsga olish orderlarini chiqarish haqidagi qarori XJSning barcha ishlarga bo‘lgan yondashuviga muvofiq amalga oshirilgan va prokurorning dalillarni yetarli deb baholashiga hamda order chiqarish davom etayotgan jinoyatlarni oldini olishi mumkinligiga asoslangan.

Powered by Froala Editor