AQSh oltinchi avlod “B-21 Raider” samolyotlarini ishlab chiqarishni boshladi

Dunyo

“Northrop Grumman” kompaniyasi oltinchi avlodning ilk samolyoti hisoblangan “B-21 Raider” strategik bombardimonchi samolyotini ishlab chiqarishning dastlabki bosqichini boshladi, deb xabar bermoqda “Breaking Defence”, AQSh mudofaa vazirining xaridlar va ta'minot bo'yicha o'rinbosari Uilyam Laplantga tayanib.

AQSh oltinchi avlod “B-21 Raider” samolyotlarini ishlab chiqarishni boshladi
“B-21 Raider ko'rinmas bombardimonchi samolyotini ishlab chiqarish faol rivojlanish bosqichida. O'tgan yilning kuzida, yer usti va parvoz sinovlari natijalariga va jamoaning yetuk ishlab chiqarish rejalariga asoslanib, men B-21 ishlab chiqarishni o'rtacha tezlikda boshlashni ma'qulladim”, — dedi Laplant.

U B-21 dasturining asosiy jihatlaridan biri yirik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ekanligini ta’kidladi. Vazir o'rinbosarining so'zlariga ko'ra, samolyot harbiy ehtiyojlar uchun ko'p miqdorda chiqarilmasa, uning imkoniyatlari foydasiz bo'lib qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing