AQSh Prezidenti Jo Bayden uchinchi marta koronavirusga chalindi

Dunyo

AQSh Demokratik partiyasining bir qator yetakchilari 81 yoshli Baydenni prezidentlik saylovlaridan voz kechishga chaqirmoqda.

AQSh Prezidenti Jo Bayden uchinchi marta koronavirusga chalindi
81 yoshli Jo Bayden 17-iyul Las-Vegasdagi saylovoldi kampaniyasida ishtirok etdi. U o'sha kuni kechqurun Las-Vegasda nutq so'zlashi kerak edi, ammo Covid-19'ga topshirgan testi musbat natija berdi va marosim qoldirildi.

Oq uy matbuot kotibi Jan-Pyerning so'zlariga ko'ra, prezident Delaverdagi uyida karantinda bo'ladi va barcha rasmiy vazifalarni masofadan bajaradi.

Baydenning shifokori Kevin O'Konnor matbuotga prezidentning vaqti-vaqti bilan burni oqayotgani va yo'talayotganini, shuningdek Paxlovid preparatini qabul qilayotganini aytgan.

AQSh Demokratik partiyasining ko'plab yetakchi siyosatchilari va boshqa partiya tarafdorlari Jo Baydenni prezidentlik saylovlaridan voz kechishga chaqirmoqda. 81 yoshli prezidentning ahvoli unga saylovlarda Donald Trampga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga, agar u g‘alaba qozonsa ham yana to‘rt yil samarali ishlashiga imkon bermaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing