AQSh tovushdan tez uchuvchi eksperimental “X-59” samolyotini taqdim etdi
Texnologiya
“NASA” “Lockheed Martin” korporatsiyasi bilan hamkorlikda minimal shovqin bilan tovush to'sig'ini kesib o'tishga qodir bo'lgan tovushdan tez uchuvchi eksperimental “X-59” samolyotini namoyish etdi.
“X-59” ustida ishlar 2019-yilda boshlangan va yig'ish jarayoni 2021-yilda to’liq yakunlangan. Birinchi sinov parvozi joriy yilning bahor oxiri yoki yozga rejalashtirilgan. Samolyot 16,8 ming metr balandlikda soatiga 1 488 km tezlikka erishishi kutilmoqda.
“NASA” rasmiylarining tushuntirishicha, “X-59” ni ishlab chiqqan “Quest” loyihasi tovushdan tez uchadigan tijoriy parvozlarga qo’yilgan taqiqlarni olib tashlashga yordam beradi. Eslatib o’tamiz, yuzaga keladigan katta shovqin tufayli bunday reyslarga 50 yildan ortiq vaqt davomida cheklovlar qo’yib kelinmoqda.

Powered by Froala Editor