AQSh Tramp joriy etgan bojlarni undirishni 24 fevraldan to‘xtatadi
Iqtisodiyot
AQSh bojxona va chegara xizmati 24 fevraldan boshlab Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA) asosida joriy etilgan boj tariflarini undirishni to‘xtatadi. Qaror AQSh Oliy sudi tomonidan ushbu tariflar noqonuniy deb topilganidan keyin qabul qilindi.
Vedomstvo yuk tashuvchilar uchun mo‘ljallangan Cargo Systems Messaging Service tizimida seshanba kunidan boshlab Trampning IEEPA doirasidagi avvalgi farmonlari bilan bog‘liq barcha tarif kodlari faolsizlantirilishini ma’lum qildi.
Tamojna xizmati Oliy sud qaroridan keyin ham bir necha kun davomida chegara punktlarida boj undirishni davom ettirganining sabablari ochiqlanmadi. Importyorlarga to‘langan bojlarni qaytarish ehtimoli haqida ham ma’lumot berilmadi.
20 fevral kuni AQSh Oliy sudi prezidentning IEEPA qonuni asosida tariflarni bir tomonlama joriy etish vakolatlari yetarli emasligini aniqladi va Trampning ko‘pchilik davlatlarga nisbatan boj joriy etishi qonunni buzganini bildirdi. Qarorni 6 nafar sudya yoqlab, 3 nafari qarshi ovoz berdi.
Tramp ushbu qarorni “sharmandalik” deb atadi va Oliy sud “xorijiy manfaatlar ta’sirida” bo‘lganini aytdi. Bir necha soatdan so‘ng u 1974-yildagi Savdo qonunining 122-bo‘limiga asoslanib barcha importga 10% boj joriy etilishini e’lon qildi. Keyingi kuni bu bojlar 15% gacha oshirilishi ma’lum qilindi.
Financial Times hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh kompaniyalari bojlar sababli 133,5 milliard dollar atrofida zarar uchun kompensatsiya talab qilishi mumkin. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, AQSh g‘aznachiligi daromadlaridan 175 milliard dollardan ortiq mablag‘ qaytarilishi ehtimoli bor. Oliy sud esa allaqachon to‘langan bojlarni qaytarish masalasini aniq izohlamadi.

Powered by Froala Editor