AQSh universitetidagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Dunyo

AQShdagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, neyroxirurgiya fakultetining birinchi bosqich talabasi Muhammadaziz Umrzakov halok bo‘ldi. Fojia 13-dekabr, shanba kuni, imtihonlar vaqtida muhandislik va fizika fakulteti auditoriyasida yuz berdi.

AQSh universitetidagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan shaxs 40 dan ortiq o‘q uzgan. Hodisa natijasida ikki kishi vafot etdi, yana to‘qqiz kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. AQShdagi diplomatik vakolatxonalar oila bilan doimiy aloqada bo‘lib, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Avvalroq Viskonsin shtatidan bo‘lgan 24 yoshli Benjamin Erikson qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Biroq keyinchalik u ozod etildi. Rod-Aylend shtati bosh prokurori Piter Neronxa dalillar “boshqa yo‘nalishni ko‘rsatayotgani” sababli shaxs qo‘yib yuborilganini tasdiqladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp voqeadan xabardor qilinib, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi.

Halok bo‘lgan talabaning oilasi uchun xayriya jamg‘armasi ochildi. Hozirga qadar 260 ming dollardan 251 ming dollari — 5,5 mingdan ortiq xayriyachi tomonidan yig‘ildi. Eng katta xayrani investor Uilyam Akman — 18 ming dollar ajratdi.

Tergov ishlari davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing