AQShning Ukrainaga yordam berish uchun mablagʻi deyarli yo‘q – Oq uy
Dunyo
Respublikachilar boshqa narsalar qatorida Ukraina va Isroilga 106 milliard dollarlik yordam paketini blokladi. Oq uyning aytishicha, Kongress tezroq harakat qilmasa, Rossiya ustunlikka erishishi mumkin.
Agar Kongress yangi xarajatlar paketini tasdiqlamasa, Qo'shma Shtatlar Ukrainaga Rossiya bosqiniga qarshi kurashda yordam berish uchun vaqt va mablag'dan mahrum bo'lmoqda. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bayden ma'muriyati oktabr oyida Kongressdan Ukraina va Isroilga, shuningdek, chegara xavfsizligini moliyalashtirish uchun 106 milliard dollarlik (98 milliard yevro) yordam paketini ma'qullashni so'ragan edi, ammo respublikachilar nazorati ostidagi Vakillar palatasi uni rad etgan.
Vakillar palatasi spikeriga yo'llagan maktubida Prezident Jo Baydenning byudjet ishlari boʻyicha direktori Shalanda Yang Ukrainaga yordam berish uchun vaqt tugab borayotganini aytgan.
“Bizning pulimiz va deyarli vaqtimiz yo'q", deb yozgan u.
"Men aniq aytmoqchiman: Kongressning harakatlarisiz, yil oxirigacha Ukraina uchun ko'proq qurol va jihozlar sotib olish uchun resurslarimiz tugaydi", deya qo'shimcha qilgan u.
Ma’lum qilinishicha, AQSh qurol-yarogʻi va texnikasi yetkazib berilishini toʻxtatish Ukrainani jang maydonida tiz choʻktiradi va nafaqat Ukraina erishgan yutuqlarni xavf ostiga qoʻyadi, balki Rossiya harbiylarining gʻalaba qozonish ehtimolini oshiradi.
Oq uyning Milliy xavfsizlik vakili Jeyk Sallivan, agar paket tez orada qabul qilinmasa, Rossiya ustunlikka erishishi mumkinligini aytdi.

Powered by Froala Editor