Arab davlatlari TIV rahbarlari Gʻazodagi vaziyatni muhokama qilish uchun Rossiyaga bordi
Dunyo
Ular Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Gʻazodagi o‘t ochishni to‘xtatish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qiladi.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon al-Saud boshchiligidagi Islom hamda arab mamlakatlari TIV rahbarlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilish uchun Rossiyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Kazinform.
Delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Gʻazodagi o‘t ochishni to‘xtatish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qiladi.
Avvalroq, Faysal Ibn Farxon Al-Saud Arab-Islom sammitini tashkil etish uchun mas’ul qo‘mita o‘z ishini boshlaganini ma’lum qilgandi. Qo‘mitaga Gʻazoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha harakatlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Shu maqsadda arab va islom davlatlari tashqi ishlar vazirlari Xitoyga, keyin esa boshqa davlatlarga tashrif buyurishi aytildi.

Powered by Froala Editor