Armaniston Ukraina masalasida Rossiyaning ittifoqchisi emas

Siyosat

Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Myunxendagi konferensiyada ma’lum qildi.

Armaniston Ukraina masalasida Rossiyaning ittifoqchisi emas
"Men buni allaqachon aytganman, Armaniston Ukraina masalasida Rossiyaning ittifoqchisi emas va bu bizning samimiy pozitsiyamiz. Buni birinchi marta ikki yil oldin aytgandim", — dedi Pashinyan Germaniyadagi arman jamiyati vakillari bilan uchrashuvda.

Shuningdek, u Yerevanning vaziyatga ta'sir qilish imkoniyati yo'qligidan afsusda ekanligini bildirdi. Uning fikricha, MDHni tashkil etish bo'yicha 1991-yilgi Olma-Ota deklaratsiyasida nazarda tutilgan harakatlar Ukraina misolida ham qo'llanilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 24-fevralida Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi qoʻlida zulm va genotsiddan aziyat chekayotgan odamlarni himoya qilish ekanini maʼlum qilgandi. Putin, shuningdek, Donbassda tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar sodir etgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish, Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denatsifikasiya qilish rejalarini ham e'lon qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing