Yangi Migratsiya agentligi tashkil etildi: davlat siyosati va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligi kuchaytirilmoqda

O'zbekiston

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rniga Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi Migratsiya agentligi faoliyat boshladi. Ushbu agentlik endilikda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini yuritish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish vazifalarini o‘z zimmasiga oladi.

Yangi Migratsiya agentligi tashkil etildi: davlat siyosati va xususiy sektorning o‘zaro hamkorligi kuchaytirilmoqda
2025 yil 1 yanvardan boshlab, Agentlik xususiy bandlik agentliklari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa ishchi kuchining qonuniy tashqi mehnat migratsiyasini yanada oshirish va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yana bir yangilik shundan iboratki, 2024 yil 1 dekabrdan boshlab xususiy bandlik agentliklari uchun litsenziya olishda talab qilinadigan zaxira mablag‘lari hajmi kamaytiriladi — 8500 baravardan 4000 baravargacha.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda agentlik fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan bog‘liq ba’zi funksiyalarni xususiy bandlik agentliklariga bosqichma-bosqich topshiradi, bu esa sohada yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing