Asadjan Xodjayev raqamli texnologiyalar vazirining komplayens bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi

O'zbekiston

Asadjan Xodjayev raqamli texnologiyalar vazirining komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Tegishli farmoyishni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva imzoladi.

Asadjan Xodjayev raqamli texnologiyalar vazirining komplayens bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
Xodjayev 1970-yilda tug‘ilgan, 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. 2020-yil iyulidan 2025-yil iyuligacha Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga rahbarlik qilgan.

2004–2011-yillarda Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, 2011–2012-yillarda Intellektual mulk agentligi bosh direktori, 2012–2017-yillarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimlarida ishlagan.

2017-yil martidan dekabrigacha Prezident davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Prezident matbuot xizmati rahbari bo‘lgan. 2017–2018-yillarda Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2018–2019-yillarda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markaziga rahbarlik qilgan. 2019-yil noyabridan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing