Oʻzbekiston Prezidenti “ROX Group” kompaniyasi asoschisini qabul qildi

O'zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi asoschisi An Tuan Channi qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti “ROX Group” kompaniyasi asoschisini qabul qildi
Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

“ROX Group” 1996-yilda tashkil etilgan Vyetnamdagi yetakchi koʻp tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya koʻchmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va xizmat koʻrsatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi.

Oʻzbekistondagi ustuvor yoʻnalishlar sifatida zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya va turizm sohalari belgilandi.

Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni amalga oshirishni “yoʻl xaritasi” asosida jadallashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing