Avstraliyada dahshatli suv toshqinlari davom etmoqda
Dunyo
Shimoliy-sharqiy Avstraliya uch kundan beri misli ko‘rilmagan jala yog‘ishi sababli yuzaga kelgan halokatli suv toshqinlari bilan kurashmoqda. Ayrim hududlarda atigi bir sutka ichida 600 mm ga yaqin yog‘ingarchilik kuzatildi, bu esa yozgi me’yor bilan teng. Suv sathi xavfli darajaga yetgan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar orasida Taunsvill, Ingem va Kardvell shaharlari.
Ingem shahrida bir ayol qutqaruv qayig‘i ag‘darilishi natijasida halok bo‘ldi. Qayiqdagi boshqa yo‘lovchilar qutqarildi. Hukumat yuzlab yordam chaqiriqlarini qabul qildi, o‘tgan sutka ichida qutqaruvchilar 11 ta favqulodda evakuatsiyani amalga oshirdi.
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanese jabrlanganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, hukumat barcha zarur yordamni ko‘rsatishini ta’kidladi. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, yog‘ingarchilik biroz kamayganiga qaramay, vaziyat hanuz xavfli bo‘lib qolmoqda va yangi suv toshqinlari xavfi saqlanib qolmoqda.
Ob-havo prognozlariga ko‘ra, yog‘ingarchilik yana bir necha kun davom etadi, daryolarda suv sathi esa yuqori darajada qoladi. Rasmiylar jabrlangan hududlarda yashovchilarni hushyorlikka, xavfsizlik choralariga rioya qilishga va ehtimoliy evakuatsiyaga tayyor turishga chaqirmoqda.

Powered by Froala Editor