“Avtoyo'l”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zsuvta’minot” va boshqa rahbarlar ishdan bo‘shatildi

O'zbekiston

Prezident qarori bilan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi rahbari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” va “Oʻzsuvtaʼminot” kompaniyalari rahbarlari, suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari va transport vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Bundan tashqari, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisiga “hayfsan” e'lon qilindi.

“Avtoyo'l”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zsuvta’minot” va boshqa rahbarlar ishdan bo‘shatildi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator qo‘mitalar va korxonalar faoliyati tanqid qilindi.

Xususan, investitsiyalarni jalb etish va ularni rivojlantirishdagi kechikishlar uchun:

Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari B.Kamolov, transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov, “O‘zsuvta’minot” AJ rahbari S.Saifnazarov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari X.Xosilov, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.Abduvaliev lavozimlaridan ozod etildilar.

“Hayfsan” e'lon qilindi:

“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarovga, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo'rayevga va “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi S.Annaklichevga.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing