Azerbaijan Airlines Baku-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha barcha reyslarni to‘xtatdi
Dunyo
Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi Bakudan Qozonga va qarama-qarshi parvozlarning barchasini noma’lum muddatga to‘xtatdi. Aviakompaniya ushbu qarorni so‘nggi paytlarda Qozon ustidagi havo hududi muntazam ravishda yopilayotgani bilan izohladi.
Mazkur xabarga ko‘ra, Tatariston poytaxtiga parvozlarni to‘xtatish “parvoz xavfsizligini ta’minlash” maqsadida qabul qilingan. "AZAL hozirgi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va har qanday o‘zgarishlar haqida yo‘lovchilarga xabar beradi", deyiladi kompaniya bayonotida.
Qozon, 2024-yil 25-dekabrda kompaniyaning Embraer 190 samolyoti Grozniy ustida mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgani taxmin qilinayotgan voqeadan keyin AZAL parvozlarni to‘xtatgan o‘n birinchi Rossiya shahri bo‘ldi.
Samolyot Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchragan edi. Ushbu voqeadan so‘ng, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida AZAL Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Maxachqala, Mineralniye Vodi, Nijniy Novgorod, Samara, Saratov, Sochi va Ufa shaharlari bilan parvozlarni bekor qildi.
Rossiyaning janubiy hududlaridagi bir qancha shaharlarga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgani haqida boshqa xorijiy aviakompaniyalar ham e’lon qildi. Ularga Isroilning El Al, BAAning FlyDubai, Qozog‘istonning Qazaq Air, Turkmaniston havo yo‘llari va Serbiyaning eng yirik aviakompaniyasi Air Serbia kiradi.
AZAL samolyoti halokatidan so‘ng, Euronews va Reuters agentliklari manbalariga ko‘ra, bu voqea Grozniy ustidagi dron hujumini qaytarish jarayonida Rossiya tomonidan uchirilgan zenit raketasi sababli yuz bergan. Raketaning portlashi samolyotning tashqi qoplamasiga zarar yetkazgan. Ekipaj favqulodda qo‘nishni so‘ragan, ammo Rossiyaning birorta aeroporti qo‘nishga ruxsat bermagan. Natijada samolyot Kaspiy dengizi orqali Oqtov tomon yo‘l olgan.
AZALning Embraer 190 samolyoti Bakudan Grozniyga parvoz qilayotgan bo‘lib, unda 67 kishi, jumladan, 5 nafar ekipaj a’zosi bor edi. Ulardan 38 nafari halok bo‘ldi, 29 nafari tirik qolgan
Kremlning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya havo hududida yuz bergan “fojia” uchun uzr so‘ragan.

Powered by Froala Editor