Baxtiyor Saidov BMTning O‘zbekistondagi yangi doimiy koordinatori bilan uchrashdi
Siyosat
2024-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl bilan uchrashdi.
«BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidladik. O‘zbekiston Hukumati BMT va uning tuzilmalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturiga ega. Bizning yaqin munosabatlarimiz barcha sohalarda yuqori sur’atni namoyon etmoqda. Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 9 ta, jumladan 2024-yilning o‘tgan davrida 3 ta rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor», — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Ta’kidlash joizki, Sabine Mahl BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori lavozimiga 2024-yil 1-iyunda tayinlandi. Mahl xonim huquq va tillar bo‘yicha ikkita magistr darajasiga hamda Vena universitetida huquq fanlari nomzodi darajasiga ega. Nemis (ona tili) tilida so‘zlashadi, ingliz, rus va fransuz tillarini yaxshi biladi. Oilali, ikki o‘g‘li bor.

Powered by Froala Editor