Baxtiyor Saidov Vetnam tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston

U Buy Txan Shonga Shavkat Mirziyoyev nomidan Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi Nguyen Fu Chongning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Baxtiyor Saidov Vetnam tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam Tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda vazir o’zining Telegram ijtimoiy tartmog’idagi rasmiy sahifasida yozib qoldirgan.

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi Nguyen Fu Chong Janobi Oliylarining vafoti munosabati bilan yana bir bor chuqur hamdardligimizni izhor qilganini aytib o’tgan.

“Bo‘lajak yuqori darajadagi almashinuvlar, iqtisodiy va investitsion aloqalarni faollashtirish masalalarini muhokama qildik. Biz O‘zbekiston va Vetnam tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin hamkorlikni yuksak qadrlaymiz”, deydi vazir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing