Bayden Kongressni Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotishni tasdiqlashga chaqirmoqda

Siyosat

Bayden ma’muriyati F-16 qiruvchi samolyotlarini va ular uchun modernizatsiya to‘plamlarini 20 milliard dollarga sotishni ma’qullashni so‘ragan.

Bayden Kongressni Turkiyaga F-16 samolyotlarini sotishni tasdiqlashga chaqirmoqda
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati AQSh Kongressiga maktub yo'llab, uni Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni "zudlik bilan" ma'qullashga chaqirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bayden Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini ratifikatsiya qilishni yakunlashi bilanoq qiruvchi samolyotlarni sotish jarayonini boshlash niyatida.

Reuters xabariga ko‘ra, maktubda Jo Bayden ma’muriyati F-16 qiruvchi samolyotlarini va ular uchun modernizatsiya to‘plamlarini 20 milliard dollarga sotishni ma’qullashni so‘ragan.

Turkiya parlamenti 23-yanvar kuni Shvetsiyaning NATO a’zoligini ratifikatsiya qilishni ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. Shundan so‘ng hujjat imzolash uchun prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga yuborildi. Shvetsiyaning NATOga aʼzoligiga veto qoʻyishni bekor qilish shartlaridan biri Anqaraga AQSHning qiruvchi samolyotlarni Turkiyaga yetkazib berish edi: 2021-yil oktabr oyida Turkiya Qoʻshma Shtatlardan oʻzining mavjud harbiy samolyotlari uchun 40 ta F-16 qiruvchisi va 79 ta modernizatsiya toʻplamini sotib olmoqchiligini bildirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing