Bayden Rossiyadan uran importini taqiqlovchi qonunni imzoladi
Dunyo
Prezident Jo Bayden Rossiyadan AQShga uran olib kirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Bayonotda aytilishicha, 2024-yil 13-may, dushanba kuni prezident Rossiya Federatsiyasida yoki rus korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan nurlanmagan, kam boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlovchi “Rossiya uran importini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun”ni imzolagan.
O'z navbatida, Prezidentning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning ta'kidlashicha, Bayden imzolagan taqiq AQShning "energetik va iqtisodiy xavfsizligini" mustahkamlashga va tinch atom energiyasi sohasida Rossiyaga qaramlikni kamaytirishga ko’maklashadi.
AQSh Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya Qo'shma Shtatlardagi 90 dan ortiq tijorat reaktorlarida ishlatiladigan boyitilgan uranning deyarli to'rtdan bir qismini yetkazib bergan va bu uni birinchi raqamli xorijiy yetkazib beruvchiga aylantirgan.

Powered by Froala Editor