Paralimpiya qahramonlari O'zbekistonga qaytmoqda

Sport

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari tarixiy yutuqlarga erishib, bugun O'zbekistonga qaytmoqda. Sportchilarimiz soat 18:00 da Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olinadi, ushbu marosim Toshkent aeroportining 3-terminalida bo'lib o'tadi.

Paralimpiya qahramonlari O'zbekistonga qaytmoqda
Chempionlar uchun maxsus tayyorlangan avtobus korteji shahar bo'ylab harakatlanib, poytaxtning asosiy ko'chalarida o'zbek xalqining olqishlari ostida yo'naladi. Tadbirni ko'rish va ulug' sportchilarni qo'llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
O'zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Paralimpiya o'yinlarida o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Ushbu muvaffaqiyat sportchilarimizning mashaqqatli mehnati va fidokorona harakatlarining natijasi bo'lib, yurtimiz nomini yanada yuksaklarga ko'tardi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing