Belarus Yevropaning 35 davlati uchun vizasiz rejim o‘rnatdi
Dunyo
Ushbu ro’yxatga Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari kiradi va vizasiz rejim 19-iyuldan amal qila boshlaydi.
Belarus Prezidentining qarori bilan 2022 yildan kuchga kirgan Polsha, Litva, Latviya fuqarolari uchun Belarus Respublikasiga vizasiz kirish tartibi uzaytirildi. Shuningdek, 35 boshqa Yevropa davlatlarining fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi.
Chet el fuqarolarining Belarus Respublikasi hududiga vizasiz kirishi, chiqishi va bo'lishi mumkin bo’lgan davlatlar ro’yxatida Belgiya Qirolligi. Buyuk Britaniya, Ispaniya Qirolligi, Italiya, Germaniya va Fransiya ham bor.
Belgilangan davlatlarning fuqarolari uchun Belarus Respublikasiga kirish va Belarus Respublikasidan chiqishning vizasiz tartibi davlat chegarasi orqali barcha avtomobil va temir yo'l xalqaro o'tkazish punktlaridan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Belarusda vizasiz qolish kunlarining soni kalendar yilida 90 kundan oshmasligi kerakligi ma’lum qilindi.

Powered by Froala Editor