Benzin ishlab chiqarish hajmi 18 foizga oshdi

Iqtisodiyot

Joriy yilning yetti oyida Oʻzbekistonda 781,4 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. Statistika agentligi boshqa sanoat nahsulotlarining ham ishlab chiqarish hajmini maʼlum qildi.

Benzin ishlab chiqarish hajmi 18 foizga oshdi
2023-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 781,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,3 % ga oshgan.

2023 yilning yanvar-iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

• avtomobil benzini – 781,4 ming tonna;

• ko‘mir – 3,1 mln tonna;

• neft – 456 ming tonna;

• gaz kondensati – 707,5 ming tonna;

• Avtobus – 454 dona;

• yuk avtomobillari – 1372 dona;

• avtomobil dvigatellari – 122 710 dona;

• yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 194 053 dona.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing