“Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi
O'zbekiston
2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshiriladi. Shulardan biri sifatida “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur harakat orqali aholini ekologik muhitga befarq bo‘lmagan, tabiatga mehr bilan qaraydigan va barqaror yashash sharoitlarini yaratishga hissa qo‘shadigan fuqarolar sifatida tarbiyalash ushbu tashabbusning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab:
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalarida yetakchi oliy ta'lim tashkiloti etib belgilanadi;
Respublikadagi har bir tuman (shahar)da bosqichma-bosqich inklyuziv ta'lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta'lim maktabi tashkil etiladi;
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oila farzandlari oliy ta'lim tashkilotlariga grant asosida qabul qilinishi uchun tayyorlov kurslariga jalb qilinadi.
Ekologik barqarorlik bilan bir qatorda, aholining sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida ham muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
2025-yil 1-martgacha to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning inson salomatligiga foydasini targ‘ib qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi;
2025-yil 1-avgustgacha oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoring qilish maqsadida idoralararo yaxlit Milliy axborot platformasi yaratiladi.

Powered by Froala Editor