O‘zbekistonda aviayolchilar soni rekord darajaga yetdi
O'zbekiston
So‘nggi besh yilda O‘zbekistonning aviatsiya sohasi jadal rivojlanmoqda. 2024 yilda havo transportidan foydalangan yo‘lovchilar soni 6 millionga yetib, o‘tgan yilga nisbatan deyarli 15 foizga oshdi.
O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aviayolchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2020 yilda 868,9 ming yo‘lovchi samolyotdan foydalangan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb yetti baravar oshib, 6 millionga yetdi. 2023 yilga (5,26 million) nisbatan o‘sish 781 ming yo‘lovchini (+14,9%) tashkil etdi.
Shu bilan birga, temir yo‘l transporti ham rivojlanishda davom etmoqda. 2024 yilda O‘zbekiston temir yo‘llari 9,8 million yo‘lovchini tashidi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 177,1 ming kishiga ko‘pdir. O‘sish sur’ati 1,8 foizni tashkil etdi.
Mutaxassislar bu o‘sishni yangi yo‘nalishlarning ochilishi, reyslar sonining ortishi hamda transport xizmatlarining yaxshilanishi bilan bog‘lamoqda.

Powered by Froala Editor