Toshkentda uy-joy arzonlashmoqda
O'zbekiston
O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozori 2025-yilning birinchi yarmida sezilarli faollikni ko‘rsatdi — bu davrda mamlakat bo‘ylab 136,5 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6 foizga ko‘p. Biroq, narxlar dinamikasi hududlarga qarab farq qildi: Toshkentda kvadrat metr narxi pasaygan bo‘lsa, viloyatlarda esa o‘sishda davom etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyun oyida 21 mingta oldi-sotdi shartnomasi qayd etilgan — bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 3,7 foizga ko‘p. Eng katta faollik Jizzax (+29,9%), Navoiy (+18,3%) va Surxondaryo (+17,7%) viloyatlarida kuzatilgan. Toshkent viloyatida esa bitimlar soni 2,6 foizga kamaygan.
ikkilamchi bozordagi narxlar:
ikkilamchi bozordagi uy-joylar bo‘yicha o‘rtacha narx yillik hisobda 1,8 foizga oshgan. Quyidagi hududlar eng katta o‘sishni ko‘rsatgan:
Jizzax viloyati — +11,7%
Surxondaryo viloyati — +10,9%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — +9,3%
Toshkentda esa butunlay teskari holat kuzatildi: ikkilamchi uy-joy narxi 4,8% ga, yangi qurilgan uylar esa 1,6% ga arzonlashgan. Narxlarning eng katta pasayishi Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilgan.
Yangi uylar va ijara bozori:
Yangi qurilayotgan uylar segmentida narxlar eng ko‘p Uchtepa (−9,7%), Yunusobod (−8,8%) va Shayxontohur (−7,7%) tumanlarida kamaygan.
Ijara bozori barqarorligicha qolmoqda: Toshkent bo‘yicha o‘rtacha ijara stavkasi har kvadrat metr uchun $8,1 ni tashkil qilmoqda. Markaziy tumanlarda — Mirabad, Shayxontohur va Yakkasaroyda — bu ko‘rsatkich $10,3 gacha yetmoqda. Yillik hisobda ijara stavkalari 2,6% ga kamaygan, ayniqsa uylar soni ko‘p tumanlarda.
Markaz tahlilchilarining fikricha, Toshkentdagi narxlar pasayishi bozordagi taklif ortishi va ehtiyotkor xaridorlar bilan bog‘liq. Viloyatlarda esa yangi o‘quv yili va ish mavsumiga tayyorgarlik sababli ikkilamchi uy-joylarga talab oshmoqda.

Powered by Froala Editor