Saidа Mirziyoyeva Qohirada Misrning Oliy imomi bilan uchrashdi
O'zbekiston
Bugun Qohirada Misr Bosh imomi, "Al-Azhar" majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shayx hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.
O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Powered by Froala Editor