Tinchlik deklaratsiyasi buzildi: Tailand–Kambodja keskinlashuvi

Dunyo

Tailand va Kambodja chegarasida yana janglar avj oldi. Tailand rasmiylariga ko‘ra, dushanba kuni Sakaeo provinsiyasidagi bahsli hududlarda to‘qnashuvlar qayta boshlangach, Tailand harbiy-havo kuchlari Kambodja hududiga aviazarbalar bergan. Bangkok zarbalar faqat harbiy nishonlarga qaratilganini va “raqibni uzoq muddatga jangga qodir bo‘lmas holga keltirish” maqsad qilinganini aytmoqda.

Tinchlik deklaratsiyasi buzildi: Tailand–Kambodja keskinlashuvi
Kambodja esa Tailandni provokatsiya va turar-joylarga hujumlarda ayblamoqda — taxminan 1150 oila evakuatsiya qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Kambodjada to‘rt kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan. Tailand ham o‘z hududida jarohatlanganlar borligini bildirgan; chegara hududlaridagi 600 dan ortiq maktab vaqtincha yopildi.

Tailand tomoni Kambodjani tank va reaktiv zalp beruvchi tizimlardan o‘q uzganlikda ayblamoqda, biroq Pnompen bu ma’lumotni rad etmoqda.

Har ikki davlat o‘tgan yil oktabr oyida Tramp vositachiligida imzolangan tinchlik deklaratsiyasini buzishda bir-birini ayblamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing