Bekzod Qurbonov mamlakatga ikkita medal olib keldi

Sport

Maxima Park’da bo‘lib o‘tgan Evrosiyo konkuri bo‘yicha musobaqalar tomoshabinlar va sportchilar uchun unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

Bekzod Qurbonov mamlakatga ikkita medal olib keldi
Yoz mavsumining eng nufuzli ot sporti turnirlaridan biri — Evrosiyo konkuri o‘yinlari yakunlandi. Katta doira (to‘siqlar balandligi — 150 sm) bo‘yicha bahsda rossiyalik Sergey Petrov va uning oti Nero van’t Prinsenveld oltin medalni qo‘lga kiritdi — ular marra chizig‘ini 41,95 soniyada kesib o‘tishdi. Bekzod Qurbonov (O‘zbekiston) esa asosiy masofada 85,60 soniyada bir xatolik bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Ammo Qurbonov kichik doira bo‘yicha Grand Prix’da (135 sm) Santos Ippika bilan birgalikda ajoyib natija ko‘rsatib, 30,16 soniyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kumush va bronza mos ravishda rossiyalik Anna Uliticheva va Mixail Levinga nasib etdi.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda ham yuqori natijalar qayd etildi. 140 sm to‘siqlar bilan o‘tkazilgan bahsda Qozog‘istonlik Raisa Sokolenko va uning oti Uran nad Vigrami "nol" bilan yakunlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yuniorlar orasida esa Sofiya Starikova (Rossiya) va Airwave juftligi toza yurish evaziga g‘alaba qozondi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Taisiya Tuvikina hamda Mariya Verxotinaga tegdi.

O‘smirlar toifasida esa (130 sm gacha) Anastasiya Dolgova (Belarus) va Parlament to‘siqlarni 37,95 soniyada toza bosib o‘tib, g‘alaba qozondi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing