Kim Chen In yadro dasturini kengaytirishini e’lon qildi
Dunyo
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyani mintaqa xavfsizligiga tahdid solishda ayblab, mamlakatning yadro qudratini kuchaytirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Vashington va Tokio esa KXDRning to‘liq yadrodan xoli bo‘lishi tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladi.
Kim Chen In ushbu bayonotni KXDR Xalq armiyasining 77 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh uch tomonlama harbiy ittifoq – Vashington, Seul va Tokio o‘rtasidagi hamkorlik orqali Shimoliy Koreyaga jiddiy tahdid solmoqda. Shu sababli Pxenyan o‘z yadro arsenalini kengaytirishga majbur.
So‘nggi yillarda Shimoliy Koreya xalqaro sanksiyalarga qaramay o‘z yadro dasturini modernizatsiya qilishni davom ettirdi. Bunga javoban AQSh va uning ittifoqchilari mintaqadagi harbiy mashg‘ulotlarini kuchaytirdi.
20-yanvar kuni lavozimga kirishgan AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. U 2018–2019 yillardagi uchrashuvlarini eslatib o‘tib, KXDR bilan aloqa o‘rnatishga tayyor ekanini aytdi. Biroq, Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tramp AQSh hali ham Shimoliy Koreyaning to‘liq yadrodan voz kechishini talab qilishini ta’kidladi.
Hozircha Pxenyan Trampning tashabbusiga javob bermadi. Tahlilchilar esa Kim Chen In ayni damda Rossiya bilan munosabatlarini mustahkamlashga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. So‘nggi oylarda Shimoliy Koreya Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun minglab askarlarini yuborgan. Kim Chen In yaqinda bergan bayonotida ham Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Shimoliy Koreya Rossiya armiyasining "adolatli ishini" doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Pxenyan Moskva bilan aloqalari zaiflashsa, AQSh bilan muzokaralarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Ammo hozircha Shimoliy Koreya o‘z harbiy salohiyatini oshirish va G‘arb bilan qarama-qarshilikni kuchaytirish yo‘lidan ketyapti.

Powered by Froala Editor