Ilon Maskdan amerikaliklar norozi
Dunyo
Expertlar Ilon Maskning Doge orqali amalga oshirayotgan islohotlari konstitutsiyaga zid va noqonuniy deb hisoblashmoqda. Huquqshunoslarning aytishicha, u davlat organlarining faoliyatini bir tomonlama o‘zgartira olmaydi va bu jarayon Kongress ruxsatisiz amalga oshirilishi mumkin emas.
2025-yilda Ilon Mask AQSh hukumatidagi "samaradorlikni oshirish" maqsadida tashkil etilgan yangi bo‘lim – Doge (Department of Government Efficiency) rahbari sifatida faoliyat yuritishni boshladi. Mask ko‘plab federal agentliklarni ishdan bo‘shatish, davlat xarajatlarini keskin qisqartirish va o‘zining shaxsiy texnologik qarashlarini siyosiy jarayonlarga tatbiq etish bilan shiddat ila shug‘ullanmoqda. Bu esa o'z navbatida ko'pchilikda norozilik uyg'otdi.
Doge tashkil etilishi bilan Mask turli davlat idoralarida keskin o‘zgarishlarni boshladi. U Pentagonning xilma-xillik va inklyuziya bo‘yicha dasturlarini to‘xtatib, Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) va USAID kabi agentliklarga qarshi kurash boshladi.
Mask USAID'ni "radikal chapparast siyosiy operatsiya" deb atab, uni tugatish rejasini ilgari surdi. Biroq bu qaror Demokratlar partiyasi vakillarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va butun mamlakat bo‘ylab Dogega qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.
Hukumatdagi ishdan bo‘shatishlar nafaqat davlat xodimlarini bevosita ishdan mahrum qilmoqda, balki amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini ham xavf ostiga qo‘yayapti.
Doge tomonidan yollangan dasturchilar Moliya vazirligi to‘lov tizimiga noqonuniy kirib, fuqarolarning shaxsiy bank hisob raqamlari, ijtimoiy sug‘urta ma’lumotlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritganlikda ayblanmoqda.
Garvard huquq fakulteti professori emeritus Laurens Trib Dogening faoliyatini konstitutsiyaga zid deb baholab, Maskning hukumat ustidan bu qadar katta nazorat o‘rnatishi mumkin emasligini ta’kidladi.
"Bu noqonuniy!" – dedi Trib Dogening kengayib borayotgan vakolatlari haqida.
Shuningdek, senator Bernie Sanders CNN orqali Maskning harakatlarini noqonuniy deb atadi va USAID kabi hukumat agentliklarini Kongress ruxsatisiz yo‘q qilish mumkin emasligini ta’kidladi.
Dogega qarshi ilk sud jarayoni Tramp qasamyod qilganidan bir necha daqiqa o‘tib, Merilend shtatida ochilgan. Sud hujjatlarida Dogening hukumat faoliyatida shaffoflikni buzayotgan "federal maslahat qo‘mitasi" sifatida qayd etilishi va qonun bo‘yicha javobgarlikka tortilishi so‘ralgan.

Powered by Froala Editor