Oʻzbek tili oʻqituvchilari uchun ajoyib yangilik!

O'zbekiston

2025-yil 1-fevraldan boshlab, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

Oʻzbek tili oʻqituvchilari uchun ajoyib yangilik!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon ta’lim tizimi va xususan, oʻzbek tili fani oʻqituvchilari uchun muhim yangiliklarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu tashabbus oʻzbek tili oʻqituvchilariga nafaqat moddiy ragʻbat, balki professional rivojlanish uchun ham katta imkoniyat yaratadi. Pedagoglar bilim va malakalarini oshirish orqali sertifikat olishga intilishadi, bu esa ta’lim sifatining yanada yuqori darajaga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Sertifikatlash tizimi orqali oʻqituvchilarning bilim darajasi aniq baholanadi va natijada oʻquvchilarga yanada samarali ta’lim berish imkoniyati yaratiladi.

Bu yangilik oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, oʻqituvchilar malakasini oshirishga ragʻbatlantirish va ta’lim tizimida sifatni oshirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing