“Bir necha hafta ichida”: AQShda Zelenskiyga qarshi reja haqida bayonot
Dunyo
Sobiq CIA tahlilchisi Reymond Makgovernning aytishicha, AQSh maxsus xizmatlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qarshi yirik korrupsiya ishi tayyorlamoqda. Uning fikricha, Zelenskiy qurolli mojaroni to‘xtatish yo‘lidagi asosiy to‘sqinlikka aylangan.
Dialogue Works YouTube-kanalidagi chiqishida Makgovern tinchlik kelishuvi Zelenskiy va Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning hokimiyatda qolish-qolmasligiga bog‘liqligini ta’kidladi. Ularning siyosiy istiqboli uzoq emasligini aytdi.
Makgovernning so‘zlariga ko‘ra, AQSh maxsus xizmatlari Zelenskiy va uning yaqin atrofidagilarining yirik korrupsiya sxemalarida ishtirok etganini tasdiqlovchi dalillarni faol yig‘moqda. Unga ko‘ra, bir necha hafta ichida Zelenskiyning o‘ziga nisbatan jarayon boshlanishi mumkin.
U Zelenskiyni Ukraina siyosatidagi umumiy korrupsiya tizimidan mustasno deb hisoblamasligini bildirdi. “Dalillar aniq bo‘lgach, maxsus xizmatlar qanday choralar ko‘rishni hal qiladi”, — dedi u.
Bu bayonotlar fonida Ukrainada ichki siyosiy raqobat kuchaymoqda. So‘nggi haftalarda NABU va SAP Oliy Rada fraksiyalaridan birining rahbarini pora bilan bog‘liq ishda fosh qilganini ma’lum qildi. Mahalliy OAVlar esa Yuliya Timoshenko va “Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari David Araxamiya ham korrupsiya gumoniga tushganini xabar qilgan.

Powered by Froala Editor