Tramp AQSh bosh prokurorini lavozimidan ozod qildi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp bosh prokuror Pem Bondini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Tramp AQSh bosh prokurorini lavozimidan ozod qildi
Adliya vazirligi rahbari vazifasini vaqtincha uning o‘rinbosari Todd Blansh bajaradi. Trampning aytishicha, Bondi davlat xizmatini tark etib, xususiy sektorda faoliyatini davom ettiradi.

Prezident uning faoliyatiga minnatdorlik bildirib, uning rahbarligi davrida mamlakatda qotillik darajasi 1900-yildan buyon eng past ko‘rsatkichga tushganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, iste’fo Tramp tarafdorlari orasidagi norozilik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xususan, Adliya vazirligining Jeffri Epshteyn ishi materiallarini e’lon qilishdagi harakatlari tanqid qilingan.

Bundan tashqari, prezident jamoasining bir qismi Bondi siyosiy raqiblarga qarshi tergovlarni yetarlicha faol olib bormagan deb hisoblagan. Ular orasida FQB sobiq direktori Jeyms Komi va Nyu-York bosh prokurori Letisiya Jeyms bor.

Avvalroq Tramp Adliya vazirligi ustidan nazoratni kuchaytirishni va ayrim shaxslarga nisbatan yetarli dalillar bo‘lmasa ham tergov boshlashni talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing