Bloomberg: Ilon Mask bir kunda 16 mlrd dollardan ko‘proq yo‘qotdi

Biznes

Uning moliyaviy boyligi Tesla'ning uchinchi chorakdagi yomon ko'rsatkichlari fonida qisqardi.

Bloomberg: Ilon Mask bir kunda 16 mlrd dollardan ko‘proq yo‘qotdi
Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla va SpaceX, shuningdek, X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) egasi bo‘lgan Ilon Mask bir kun ichida 16,1 milliard dollar yo‘qotdi.

Aniqlik kiritilishicha, Maskning boyligi Tesla'ning uchinchi chorakdagi yomon moliyaviy ko‘rsatkichlari fonida pasayib ketgan. Har choraklik hisobot e’lon qilingandan so‘ng kompaniya aksiyalari past daromad va sotuvlar tufayli 9,3 foizga tushib ketdi.

Bloomberg ta’kidlashicha, moliyaviy yo‘qotishlarga qaramay, Maskning boyligi 2023 yilda 72,6 milliard dollarga oshgan va hozirda 210 milliard dollarga baholangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing