BMB HOLDING – O‘zbekistonning eksport brendi sifatida shakllanmoqda
Iqtisodiyot
2025-yil 24-aprel kuni BMB HOLDING bosh ofisida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik va Holding Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Elchi kompaniya faoliyati, mahsulotlari va ishlab chiqarish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.
U, xususan, USDA Organic sertifikati va FDA ruxsatnomasining uzaytirilganini yuqori baholab, bu O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan ishonchning oshganidan dalolat ekanini ta’kidladi. BMB HOLDING tomonidan ishlab chiqarilayotgan ekologik toza va xalqaro standartlarga mos mahsulotlar AQSh bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Sublimatsiya texnologiyasi asosida tayyorlangan meva-sabzavot mahsulotlari, shuningdek, kompaniyaning ilmiy-innovatsion salohiyati elchining e’tiborini tortdi. Shuningdek, 8 yillik faoliyat tarixi aks etgan muzey bilan ham tanishildi.
Tashrif davomida BMB HOLDING mahsulotlarini Costco, Walmart va McCormick kabi yirik AQSh kompaniyalariga eksport qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazilgani e’lon qilindi. Tez orada shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Jonatan Xenik BMB HOLDING’ni O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning muhim ishtirokchisi sifatida baholadi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelishuvga erishdilar.

Powered by Froala Editor