BMT: G‘azo sektorida 3 kunlik yoqilg‘i qoldi

Dunyo

G'azoda yoqilg'i uch kun ichida tugaydi va bu UNRWA'ning G'azo sektoridagi gumanitar ishlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi.

BMT: G‘azo sektorida 3 kunlik yoqilg‘i qoldi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) G'azo sektorida 3 kunlik yoqilg'i qolganini ma'lum qildi. Yoqilg‘isiz shifoxona va novvoyxonalar, ijtimoiy xizmatlar ham ishlay olmaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik Qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) tomonidan berilgan bayonotda, G'azoning zudlik bilan yoqilg'i bilan ta'minlanishi kerakligi ta'kidlandi.

“Uch kundan keyin UNRWA yoqilgʻisi tugaydi va bu tashkilotning Gʻazo sektoridagi gumanitar ishlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Yoqilg'isiz suv bo'lmaydi, kasalxonalar va novvoyxonalar ishlamaydi. Yoqilg'isiz yordam juda muhtojlarga yetib bormaydi. Yoqilg'isiz insonparvarlik yordami bo'lmaydi”, deyiladi xabarda.

UNRWA G‘azo sektoridagi eng yirik gumanitar tashkilot hisoblanadi.

“Yoqilg'i yetishmasligi ayollar, bolalar va G'azoning qolgan aholisini yanada bo'g'ib qo'yadi. Yoqilg‘isiz, ehtiyoji soat sayin ortib borayotgan g‘azoliklarni taqdir izmiga qoldiramiz. Bunday boʻlishi mumkin emas va boʻlmasligi ham kerak”, deyiladi UNRWA bayonotida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing