BMT maxsus ma'ruzachisi Isroilni suvdan urush quroli sifatida foydalanmaslikka chaqirmoqda

Dunyo

Pedro Arroxo-Agudo Isroildan blokadadagi G'azo sektoriga toza ichimlik suvi va yoqilg'i yetkazib berishga imkon qadar tezroq ruxsat berishni talab qildi.

BMT maxsus ma'ruzachisi Isroilni suvdan urush quroli sifatida foydalanmaslikka chaqirmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ichimlik suvi va sanitariya bo‘yicha inson huquqlari maxsus ma’ruzachisi Pedro Arroxo-Agudo Isroilni blokadadagi G‘azo sektorida suvdan urush quroli sifatida foydalanmaslikka chaqirdi.

BMT vakili Isroildan suv ta'minoti tarmog'i va tuzsizlantirish zavodlarini faollashtirish uchun imkon qadar tezroq mintaqaga toza ichimlik suvi va yoqilg'i yetkazib berishga ruxsat berishni talab qildi.

“Isroil G’azo sektoriga toza ichimlik suvi yetkazib berishni to’sib qo’ymoqda, bu xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishidir. G‘azoliklar har soat o‘tgan sayin qattiq chanqash va toza ichimlik suvi yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklardan o‘lim xavfiga duch kelishmoqda”, dedi Arroxo-Agudo.

"Isroil suvdan urush quroli sifatida foydalanishni bas qilishi kerak", dedi u.

Maxsus ma’ruzachiga ko‘ra, suv va antisanitariya bilan bog‘liq inqirozdan birinchi bo‘lib ayollar va bolalar jabr ko‘radi.

U, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA)ning G‘azo aholisining 70 foizi sho‘r va iflos suv ichishi haqidagi bayonotini esladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing