Bokuda VI Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi boshlandi

Dunyo

1-may kuni Boku shahrida “Tinchlik va global xavfsizlik uchun muloqot” mavzusidagi VI Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ozarbayjon davlat axborot agentligi xabar berdi.

Bokuda VI Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi boshlandi
Qayd etilishicha, tadbir Boku kongress markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Forumning ochilish marosimida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev nutq so‘zladi.

Forum Ozarbayjon hukumati tomonidan YuNESKO, BMT Sivilizatsiyalar alyansi, Jahon sayyohlik tashkiloti va ISESCO bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Tadbirda dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridan 700 nafar nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.

Turli etnik va madaniy kelib chiqishiga mansub oliy darajadagi rasmiylar, parlament rahbarlari, diniy yetakchilar, olimlar, jurnalistlar va ishtirokchilar mazmunli muloqot orqali tinchlik va global xavfsizlikni mustahkamlash uchun birlashdilar.

Uch kunlik forum doirasida 4 ta sessiya va 12 ta panel muhokamasi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Muhokama qilinayotgan mavzular ta'lim, yoshlar siyosati, iqlim o'zgarishi, sun'iy intellekt, madaniy merosni muhofaza qilish, noqonuniy migratsiya va boshqalarni qamrab oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing