Boliviya suv ostida: favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Dunyo

Boliviya hukumati kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan halokatli suv toshqinlari tufayli favqulodda holat rejimini e’lon qildi.

Boliviya suv ostida: favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Prezident Luis Arsening so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat 209 ta munitsipalitetga ta’sir ko‘rsatgan, yuzlab uylarni vayron qilgan va 51 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yana sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan.

2024-yil noyabr oyida boshlangan yomg‘ir mavsumi eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Rasmiylar joriy yog‘ingarchilikni so‘nggi 40 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik deb atamoqda. Joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimi vaziyatga tezkor munosabat bildirish va ofat oqibatlarini bartaraf etishni tezlashtirish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing