Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish barbod bo‘ldi

Dunyo

Askarlari prezident saroyini qurshab olgan general Xuan Xose Suniga hibsga olindi.

Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish barbod bo‘ldi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Jonni Agileraning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar aholi va mamlakat xavfsizligini himoya qilishga mo‘ljallangan qurol va jihozlardan foydalangan holda to‘qqiz kishini yaralagan.

26-iyun kuni OAV hukumat binolari joylashgan La-Pas shahridagi Murillo maydonida harbiylar to‘plangani haqida xabar berdi. Harbiylar prezident saroyiga bostirib kirishga uringan. Boliviya prezidenti Luis Arse voqealarni davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholadi. Ko'pgina xorijiy mamlakatlar rahbarlari Prezident Arseni qo'llab-quvvatladilar. Keyinroq u mamlakatga yangi harbiy rahbariyatni tayinladi va general Suniga hibsga olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing