Boshqirdiston delegatsiyasi O‘zbekistonda yangi texnopark qurilishini boshlaydi
Texnologiya
Kelasi hafta Boshqirdiston delegatsiyasi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yangi texnopark qurilishining ilk poydevori qo‘yilishi uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu — Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat hamkorligining yana bir bosqichi.
Rossiya va O‘zbekiston sanoat rivoji va texnologik hamkorlik yo‘nalishida o‘zaro loyihalarni izchil kengaytirmoqda.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zlygostevning aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik barqaror sur’atlarda rivojlanmoqda. Hozirda O‘zbekistonda “Chirchiq” va “Jizzax” texnoparklari faoliyat yuritmoqda, yana ikki loyiha — Navoi va Buxoroda — ishga tushirish arafasida turibdi.
“Kelasi haftada Boshqirdiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi kutilmoqda. Safar davomida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida texnopark qurilishini boshlash uchun ilk poydevor qo‘yiladi. Bu oddiy investitsiya emas — yangi ish o‘rinlari, texnologiyalar va eksport salohiyati,” — dedi Zlygostev.
Yangi texnopark qurilishi O‘zbekiston sanoat infratuzilmasini kengaytirish va Rossiya mintaqalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor