Braziliya janubidagi toshqinlar oqibatida halok bo'lganlar soni 80 ga yaqinlashdi

Dunyo

Yana 175 kishi jabr ko’rgan va 105 kishi bedarak yo'qolgan, deya xabar berdi G1 portali.

Braziliya janubidagi toshqinlar oqibatida halok bo'lganlar soni 80 ga yaqinlashdi
Rasmiylar Braziliya janubidagi suv toshqini oqibatida halok bo'lganlar soni 78 taga yetganini tasdiqladi. G1 portalining mamlakat janubida, Argentina va Urugvay chegarasiga yaqin joylashgan Rio Grande-do-Sul shtati fuqarolik mudofaa xizmatiga tayanib xabar berishicha, tabiiy ofatdan jabrlanganlar soni 175 nafarga yetgan.

Agentlik hisobotiga ko‘ra, 105 kishi bedarak yo‘qolgan. Yomg'ir va bo'rondan 844 mingdan ortiq aholi hamda 341ta munitsipalitet zarar ko’rdi.

CNN Brasil xabariga ko'ra, Rio Grande-do-Sul shtatida kuchli yomg'ir tufayli ogohlantirish hanuzgacha o’z kuchini saqlab qolmoqda. Shtat poytaxti Portu-Alegri va poytaxt mintaqasida vaziyat juda og'ir, deb ta'kidlamoqda telekanal. Yakshanba kuni ertalab Guayba daryosining sathi 5,33 metrga yetdi, bu esa, rasmiylarga ko'ra, tarixda qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkichdir.

Kuchli yomg'irlar Braziliya janubida hafta boshida boshlandi. Mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mintaqaga tashrif buyurdi.

3-may kuni O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Xitoy va Braziliyada o'nlab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan halokatli kuchli yomg'ir oqibatida halok bo'lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgani haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing