Braziliya prezidenti shoshilinch ravishda miya qon quyilishi sababli kasalxonaga yotqizildi
Dunyo
Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva miya qon quyilishi tufayli shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi. Oktyabr oyida davlat rahbari yiqilib, boshining orqa qismi bilan urilgan edi. Shifokorlar avvalroq ichki qon ketish xavfi haqida ogohlantirishgan edi.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, prezidentga kraniotomiya amaliyoti o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. "Hozirda prezidentning ahvoli yaxshi, u reanimatsiya bo‘limida kuzatuvda," — deyiladi bayonotda.
19-oktyabr kuni Lula da Silva o‘z rezidensiyasida yiqilib, jarohat olgan edi. Shifokorlar uni qon quyilishi xavfi bilan kasalxonaga yotqizishgan. Shu sababdan prezident 22-24-oktyabr kunlari Qozonda o‘tgan BRICS sammitiga bora olmay, videokonferensiya orqali qatnashgan edi.
Lula da Silva 79 yoshda. U 1945-yilda Braziliyaning shimoli-sharqidagi Pernambuku shtatida tug‘ilgan. 1980-yilda u Mehnatkashlar partiyasini tashkil etgan va ushbu partiyadan prezidentlikka saylangan. U shu vaqtga qadar uch marta prezidentlik lavozimiga saylangan.
Braziliya vitse-prezidenti Jeraldu Alkmin Lula da Silvaning kasalxonaga yotqizilishi sababli vaqtincha uning vazifalarini bajaradi, deb xabar bermoqda Globo

Powered by Froala Editor