Bryusselda ommaviy namoyishlar avj oldi

Dunyo

Bryusselda minglab odamlar Audi zavodining yopilishiga qarshi namoyishga chiqdi.

Bryusselda ommaviy namoyishlar avj oldi
Minglab namoyishchilar 16-sentyabr kuni Bryusselda Audi avtomobil zavodini yopish tahdidiga qarshi norozilik namoyishi o’tkazdi. Oldinroq Germaniyaning Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi Belgiyadagi o’zining sho’ba korxonasi Audi ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkinligini ma’lum qilgandi. The Brussels Times gazetasining yozishicha, Audi kompaniyasining Bryusselda uzoq muddatli ishlab chiqarish rejalashtirmaganini tasdiqladi.

Kasaba uyushmalarining ma’lumotlariga ko’ra, 10 mingdan ortiq odam ko’chaga chiqdi, politsiya ma’lumotlariga ko’ra, taxminan 5,5 ming kishi “ Bizning hayotimiz konveyer emas'' deya zavod ma’muriyati ustidan qattiq tanqid qildi.

Shuningdek, “Biz ishsiz, pulsiz va istiqbolsiz qolamiz”, deb tushuntirdi Audi xodimi AFP bilan suhbatda.

Belgiya kasaba uyushmalari zavodning yopilishi mamlakatda 3000 ga yaqin insonning ishsiz qolishi mumkinligidan qo’rqishmoqda.

Kasaba uyushmalari vakillari nafaqat konsern rahbariyatini, balki Yel rasmiylarini ham tanqid qilishmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing