Bugun Boku energetika haftaligi start oldi

Dunyo

Bugun Boku energetika haftaligi boshlanadi va u 4-iyundan 6-iyunga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Trend axborot agentligi.

Bugun Boku energetika haftaligi start oldi
Ushbu tadbir doirasida uchta muhim voqea bo'lib o'tadi: 29-Xalqaro “Kaspiy neft va gaz” koʻrgazmasi, 12-Kaspiy xalqaro “Energetika va yashil energiya” koʻrgazmasi va 29-Boku energetika forumi.

Boku energetika haftaligida 37 mamlakatdan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi. Bu, o’z navbatida, uning energetika sohasidagi ahamiyatini ko’rsatadi.

Tadbirda Ozarbayjon ishtirokchilaridan tashqari Avstraliya, Avstriya, Jazoir, Belarus, Belgiya, Bahrayn, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Iroq, Italiya, Qozog'iston, Qatar, Xitoy, Latviya, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni, Sloveniya, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya va Yaponiya vakillari qatnashadi.

Boku energetika haftaligida yuqori martabali mehmonlar, jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarining sanoat va ilg'or texnologiyalar vaziri, Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi (ADNOC) boshqaruvchi direktori, Masdar kompaniyasi raisi, COP28 prezidenti va energetika sanoatidagi boshqa muhim shaxslar ishtirok etishi kutilmoqda.

Boku energetika haftaligi bu energetika sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadigan platforma sanaladi. Tadbir xalqaro tashkilotlar vakillarini energiya xavfsizligi, energiya ishlab chiqarish, transport va boshqa muhim masalalarni muhokama qilish uchun jalb qiladi. Boku energetika haftaligi doirasidagi tadbirlar, loyihalar va konferensiyalar yangi hamkorlikni yo'lga qo'yish, tajriba almashish va rivojlanishning yangi yo'nalishlarini aniqlashga yordam beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing