Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

O'zbekiston

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Tursunov Qurbon Ibragimovich Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi
Bundan avval Qurbon Tursunov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

U 2021-yil may oyidan beri ushbu lavozimda ishlagan Jamol Nosirovning o'rnini egalladi. U sog'lig'i yomonlashgani uchun iste'foga chiqdi, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing