Buxoroda kuchli zilzila ro‘y berdi
O'zbekiston
Bugun, 2-avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 10:39 da (Grinvich vaqti bilan 05:39 da) zilzila sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Respublika Seysmoprognostik monitoring markazining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida joylashgan edi. Zilzilaning kuchi M=4,4 magnitudani tashkil etdi va 10 km chuqurlikda ro‘y berdi. Toshkentdan 351 km janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan bu epitsentrga eng yaqin joylarda sezilgan yer silkinishlari quyidagicha:
-Navbachor tumani: 2-3 ball, 28 km.
-G‘ijduvon tumani: 2 ball, 35 km.
-Navoiy shahri: 2 ball, 39 km.
-Karmana tumani: 2 ball, 44 km.
-Navbachor tumani: 2-3 ball, 28 km.
-G‘ijduvon tumani: 2 ball, 35 km.
-Navoiy shahri: 2 ball, 39 km.
-Karmana tumani: 2 ball, 44 km.
Powered by Froala Editor