Buxorodagi magistral gaz quvurida avariya sodir bo'ldi
O'zbekiston
Bugun, 10-fevral kuni Buxoro viloyatidan o‘tuvchi “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining 106-kilometrida avariya yuz berdi. Yer ostidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan va 26 kg bosim ostida ishlovchi quvurdan gaz sizib chiqishi natijasida katta yong‘in sodir bo‘ldi.
Ushbu holatda, Favqulodda vaziyatlar xizmati tezkorlik bilan harakat qilib, soat 11:30 da quvurdagi gaz chiqishini to‘xtatishdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga eng yaqin aholi punkti Romitan tumani Qizilrabot MFY bo‘lib, u 40 km uzoqlikda joylashgan.
Mahalliy Telegram-kanallarda viloyatdagi metan-shoxobchalarning yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Dastlab, Energetika vazirligi holat bartaraf etilmaguncha metan-shoxobchalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilishi haqida axborot bergan edi. Biroq, ko‘p o‘tmay bu ma’lumot vazirlik tomonidan o‘chirildi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, vazirlik aniqlashtiruvchi bayonot bilan chiqib, respublikaning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari avvaldan kelishilgan tartibda faoliyatini davom ettirishini bildirdi.

Powered by Froala Editor