Buyuk Britaniya aloqa operatorlari "3G" tarmoqlarini o‘chirishni boshladi

Texnologiya

Buyuk Britaniyaning aloqa operator kompaniyalari "3G" tarmoqlarini o‘chirish jarayonini boshladilar. Jarayon bu yil va kelgusi yil davomida amalga oshiriladi.

Buyuk Britaniya aloqa operatorlari "3G" tarmoqlarini o‘chirishni boshladi
"Vodafone" kompaniyasi bu borada eng faol bo‘lib, bir necha mintaqalarda jarayonni allaqachon yakunlagan, yakuniy bosqich yanvar yoki fevral oylariga rejalashtirilgan.

Kompaniyalar 2033-yilgacha har ikkala tarmoqni ham butunlay o‘chirib qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Ushbu yechim mijozlarga tezroq va ishonchli xizmatlarni taqdim etadigan "4G" va "5G" tarmoqlarini joylashtirishga qaratilgan.

Operatorlar o‘chirish vaqti va tartibi to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing