Buyuk Britaniyada O‘zbekistonga bag’ishlangan sayyohlik qo‘llanmasi nashr etiladi

O'zbekiston

Elchi Ravshan Usmonov britaniyalik yozuvchi Kalum MakLeod bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Buyuk Britaniyada O‘zbekistonga bag’ishlangan sayyohlik qo‘llanmasi nashr etiladi
To‘qqizta sayyohlik qo‘llanmasining muallifi MakLeod O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, uning raqobatbardoshligi va xizmatlar sifatini yuqori baholadi. Tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylar, zamonaviy mehmonxonalar, soddalashtirilgan kirish tartiblari bilan O‘zbekiston sayyohlar sonini oshirish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidladi.

Yozuvchi Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning sayyohlik brendini targ‘ib qilishga tayyorligini bildirdi. Muzokaralar natijasida O‘zbekistonga bag’ishlangan yangi sayyohlik qo‘llanmasini tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Sayyohlik bo’yicha qoʻllanma asosan turistlar uchun moʻljallangan bo’lib, mamlakat, shahar, mahalliy diqqatga sazovor joylar, transport yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni o’z ichiga oluvchi ixcham maʼlumotnoma hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing